Buster doza to‘liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qaytadan oladigan vaksina dozasi bo‘lib, to‘liq emlangandan so‘ng 6 oydan keyin buster doza qabul qilinishi lozim. Avval qanday vaksina bilan emlanganidan qat'i nazar, buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 xil turdagi vaksinalar mavjud bo‘lib, fuqarolarimiz o‘zi istagan vaksina bilan emlanishi mumkin.
Sanepidxizmat
Matbuot xizmati