logo

Salmonellyoz – zooantropanoz, ya’ni ham xayvonlardan, ham odamlardan yuqadigan va ko‘pincha gastroenterit simptomlari bilan, ba’zi hollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan ta’riflanadigan o‘tkir yukumli ichak kasalligidir.

Salmonellalar fakultativ anaerobdir, ular parchalanganda endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksinning termostabil O-antigeni, termolabil N-antigeni va kapsulasiga mansub yuza joylashgan N-antigeni bor. Salmonellalar O-antigening xiliga qarab bir nechta serologik O guruxga bo‘linadi. Har bir O-guruxda N-antigenining ichki tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladigan bir nechta serovarlar mavjud.  Salmonellalarning 2000 ga yakin serologik xillari ma’lum bo‘lib, ulardan 700 tadan ko‘prog‘i odamlarda uchraydi.

Infeksiyaning asosiy manbai uy hayvonlaridir. Salmonellalar shu hayvonlarning suti, siydigi, axlati, so‘lagi bilan tashqariga chiqib, tuproq, yaylov yerlar, suv xavzalari, o‘t-xashakka tushadi va bularni yuqish omillariga aylantiradi. Salmonellalar bilan ifloslangan go‘sht va sut mahsulotlarini, baliq, tuxum va boshqa maxsulotlarni iste’mol qilish oqibatida kasallik odamlarga yuqadi.

Salmonellyoz kontakt yo‘li bilan xam yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan idish-tavoqlar, uyinchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nihoyat, salmonellalar havo-chang orqali yuqishi ham mumkin, chunki salmonellalar 20-25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odamlar iste’mol qilishi natijasida salmonellyoz ba’zan epidemiya ko‘rinishida uchraydi. O‘sha ovqatdan iste’mol qilganlarning deyarli hammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi.

Salmonellalar ovqat bilan me’da-ichak yo‘liga tushadi. Me’dadagi xlorid kislota ta’sirida salmonellalarning ko‘pchiligi halok bo‘ladi. Ozuqa moddalari ichida o‘ralib qolganlari bu noqulay sharoitni yengib o‘tib, ingichka ichakka ushadi, so‘ngra ichak shilliq pardasidagi retikuloendotelial to‘qimaga kiradi va u yerda ko‘paya boshlaydi.

Inkubasion davri 6-8 soatdan 2-3 kungacha cho‘ziladi. Ko‘pincha 12-24 soat davom etadi.

  Salmonellyozni oldini olish maqsadida aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib boriladi. Oziq-ovqat tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar qattiq tibbiy nazorat ostida bo‘lishi zarur.

  Salmonellyoz bilan og‘rigan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Bemorning uyidagi kishilar 1 xafta davomida vrach nazoratida bo‘ladilar. Mabodo, ular orasida oziq-ovqatlarga aloqador joylarda ishlaydigan kishilar, shuningdek, yasli va bog‘chaga boradigan bolalar bo‘lsa, ular 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee