Joriy yilning 26-27 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan Forum doirasida Germaniyaning Robert Kox instituti, Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha GIZ tashkiloti va Sanepidqo‘mita o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.
Memorandumdan ko‘zda tutilgan maqsad:
- aholi salomatligini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish;
- pandemiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash sektorining salohiyatini kuchaytirish;
- epidemiologik vaziyatni, epidemiologiya va laboratoriya xizmatlarining holatini tahlil qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- oqava suvlarni tahlil qilish, infeksiyani nazorat qilish, mikroblarga qarshi chidamlilik va boshqa sohalarda Germaniyaning epidemiyaga tayyorgarlik guruhi tajribasini o‘rganish va faoliyatga joriy etish.
- sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
- ilm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarni, ayniqsa laboratoriya xodimlarini tadqiqotlarning yangi uslublari, sinovlari, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga tashxis qo‘yish usullariga o‘rgatish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
- zamonaviy Axborot texnologiyalarni keng joriy etish orqali infeksion va parazitar kasalliklar ustidan epidemiologik nazorat o‘rnatish.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee