logo

Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilamiz.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining hududi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (Sanepidqo‘mita) va uning Toshkent shahar boshqarmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda uning Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hududidan o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilarining mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun namunalar olindi.

Olingan namunalar Sanepidqo‘mitaning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi va uning Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyalarida hamda bir vaqtning o‘zida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi laboratoriyalarida tahlil qilindi.

Namunalarda o‘tkazilgan mikroskopik, bakteriologik va biologik usulida tekshiruvlarda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmadi.

Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati

▶️@sanepidcommittee