logo

Yangi o‘quv yilida joriy qilinadigan 1-4 sinf o‘quvchilariga bepul nonushtalar berishni yo‘lga qo‘yish jarayoniga maktab oshxonalari qay tarzda tayyor ekanligi bo‘yicha Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati  Milliy TV, Sevimli hamda Renessans TV telekanallari bilan hamkorlikda poytaxtimizning  Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 3ta maktab oshxonalari faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

Deyarli kunning asosiy qismini maktablarda o‘tkazadigan bolalarning aksariyati tushlikni maktab oshxonalarida qiladi. Shu bois bu yerda tayyorlanadigan taomlar sifatli va o‘rnatilgan talablarga javob berishi shart.

O‘rganish davomida maktab oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va maktab oshxonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee