Poytaxtimizda «MILAN» mehmonxonasida JSST tashkiloti va Sanepidqo‘mitaning immunizatsiya ishlari bo‘yicha mas’ul tibbiyot xodimlari ishtirokida “Respublikada immunoprofilaktika tadbirlari holati, qizamiq-poliomiyelit, gepatit B va koronavirus infeksiyasining oldini olishda profilaktik tadbirlar holati va kelgusidagi vazifalar” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Sanepidqo‘mita raisi o‘rinbosari Nurmat Atabekov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda so‘z olgan JSST rahbari Ashina Xalakdina vaksinasiya yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning oldini olishda yagona vosita ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng SSV Immunizatsiya ishi bo‘yicha rahbari Diloram Tursunovaning respublikadagi immunizatsiya tadbirlari, qizamiq kasalligining oldini olish, qizamiqqa qarshi 5 yoshgacha bolalarni emlash qamrovi natijasida barqaror vaziyatga erishilgani, kasallikning chetdan kirib kelishining oldini olish maqsadida epidnazorat kuchaytirilgani to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi. Bundan tashqari, mutaxassis tomonidan respublikamizda qizamiq kasalligi ro‘yxatga olinayotgani to‘g‘risida aytib o‘tdi. Shu sababli kasallikning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarini olib borish muhimligi va bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyat RPI menejerlarining immunoprofilaktika bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlari xususida ma’lumot berib o‘tishdi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee