logo

✳️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Navoiy viloyati Konimex tuman bo'limi xodimlari Konimex tumanida joylashgan Markaziy dehqon bozorida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbir o'tkazildi. 
✳️ Tadbir tadbirkorlar va  fuqarolar tomonidan sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlovchi hamda kafolatlovchi hujjatlari bor yo'qligini bilish  hamda  aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, aholi o'rtasida ovqatdan zaharlanish, botulizm holatlarining hamda o'tkir ichak yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida  tashkil etildi. 
✳️ Bozor nazorat xavfsizligi bo'limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi, FVV bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda tushuntirish va targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda, eslatmalar tarqatilmoqda.