logo

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

CDCning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Charlz Vaytek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyatiga O‘zbekistonda amaldagi dasturlar bilan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi hamda O‘zbekistonda “Yagona salomatlik” va respirator kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha ish olib borish uchun ikki nafar CDC mutaxassisini jalb etish rejalashtirilayotganini, ular amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilishlarini hamda tajriba almashishlarini  ta’kidladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov faoliyatning barcha yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlagani uchun CDC tashkilotiga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xorijiy tomon vakillari loyihalarni amalga oshirishda texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatishga, shuningdek, manfaatdor sohalar bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilishga tayyorliklarini ma’lum qildilar.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee