logo

COVID-19 infeksiyasi bo‘yicha pandemiya e’lon qilingan eng tahlikali vaziyatlarda aholi uchun tinimsiz tushuntirish ishlarini olib borgan va ko‘pchilik uchun allaqachon yaqin insonga aylanib ulgurgan professor Nurmat Atabekov odamlar hayoti, dunyo iqtisodiyoti va tibbiyotiga misli ko‘rilmagan talafot yetkazgan COVID-19 haqida quyidagilarni gapirib berdi:

Qisqa muddat ichida tibbiyot xodimlarini malakasini oshirishga to‘g‘ri keldi, qo‘shimcha laboratoriya jihozlarini olishga, tashxisotni yangi vositalarini o‘ylab topishga, referens laboratoriya qurib bitkazishga, hatto vaksinalarni O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Qilinayotgan nazoratning yengillagani koronavirusni butunlay yo‘q bo‘ldi degani emas, O‘zbekistonda o‘rtacha 20 ta bemor qayd etib kelinayotgan bo‘lsa, hozir bu raqam 40 taga chiqdi. Hozir shifoxonalarda yotgan bemorlar soni 250-300 atrofida.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee