Yanvar oyi o'rtalarida televideniyeda, Rossiya Federatsiyasining axborot saytlarida Rossiyaning ba'zi shaharlarida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko`paygani haqida ma'lumot tarqaldi.
O‘zbekistonning Rossiya bilan doimiy hamkorligi, sayyohlarning bir mamlakatdan ikkinchi davlatga faol oqimini hisobga olsak, mamlakatimizda qizamiq epidemiyasi avj olishi xavfi bormi va bu kasallik nima uchun umuman xavfli?
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Dilorom TURSUNOVAdan so‘radik.
Qizamiq - yuqori tana harorati, intoksikatsiya, yo'tal, burun oqishi, kon'yunktivit va toshmalar bilan tavsiflangan o'tkir virusli kasallik. Kasallik og'ir asoratlar bilan xavflidir. Qizamiq havo-tomchi yo`li orqali yuqadi. Qizamiq bilan og'rigan bemorlar boshqalarga ham yuqtirishi mumkin, shuning uchun Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi migratsiyani hisobga olsak, qizamiqni olib kirish xavfi mavjud.
Kasallikning birinchi belgilari yuqori tana harorati, intoksikatsiya, yo'tal, burun oqishi va kon'yunktivitdir. Yengil qizamiq bilan og'rigan bemorlar izolyatsiya qilinadi va ambulator sharoitida davolanishi mumkin, qizamiq og'ir bo'lganlar esa kasalxonaga yotqiziladi.
- Qizamiq yoshi kattalar uchun xavfli ekanligi rostmi?
- Ha, haqiqatan ham shunday. Keksa odamlarda ko'pincha o'pka, yurak surunkali kasalliklari mavjud va immunitetning pasayishi tufayli ularning kasalligi yanada og'irroq kechadi.
- Ushbu kasallikning oldini olish choralari qanday?
– O‘zbekistonda qizamiqqa qarshi emlash 1963 yildan boshlab Milliy profilaktik emlashlar kalendariga kiritilgan. 12 oylik va 6 yoshli bolalar qizamiq-qizilcha va parotitga qarshi kombinatsiyalangan QPQ vaksinasi bilan emlanadi va barcha bolalar ushbu vaksinani o'z vaqtida olishlari kerak. Bundan tashqari, bugungi kunda Respublikamizda qizamiq kasalligiga shubha qilingan bemorlarni faol qidirish bo‘yicha profilaktika ishlari olib borilmoqda, shubhali bemorlarning qoni qizamiq va qizilcha uchun laboratoriya tekshiruvidan o'tkaziladi. Tashxis tasdiqlangan taqdirda va infeksiya o'chog'ida qizamiq belgilari mavjud bo'lsa, kontaktda bo`lganlar emlanadi. Shuningdek, mamlakatda 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni tozalovchi emlash amalga oshirilmoqda.
Bolaligida QPQ vaksinasini olmagan kattalar endi emlash markaziga yoki yashash joyidagi poliklinikaga borib olishlari mumkin.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee