Amerikalik fizik qo'l yuvishning birinchi mexanik modelini yaratdi. Oddiy yaqinlashuv doirasida u yuvishning samaradorligi qo'llarning bir-biriga nisbatan harakat tezligiga va jarayonning o'z vaqtiga bog'liqligini ko'rsatdi. Uning modellashtirish natijalari JSST tavsiyalariga sifat jihatidan mos keldi, unga ko'ra qo'llarni kamida 20 soniya davomida yuvish kerak.
Qo'l yuvish infeksiyalar, jumladan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashning eng tejamkor va samarali usuli hisoblanadi.
Tadqiqotlarga ko'ra iflos qo'llarda bir necha yuz milliongacha mikroorganizmlar mavjud bo'lib, ular gripp, virusli gepatit va jiddiy ichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi.
Sovun bilan oddiy qo'l yuvish protsedurasi terining yuzasidan mikroorganizmlarni 90% gacha olib tashlashga yordam beradi.
Uyda doimiy foydalanish uchun antibakterial xususiyatlarga ega bo'lmagan oddiy sovunga yuvish tavsiya etiladi, chunki bakteritsid komponentli sovun mahsulotlarini haddan tashqari ko`p ishlatish bilan nafaqat zararli, balki bizni "teri" immunitetimizni ta'minlaydigan "foydali" mikroorganizmlar ham o'ladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee