logo

2022-yil boshidan buyon dunyoda mpox kasalligi (maymun chechakning yangi nomi) bilan kasallanganlar soni 85,4 ming kishidan oshdi, 89 kishi vafot etdi.

23 yanvardan 29 yanvargacha bo‘lgan hafta davomida 403 ta infektsiya holati aniqlangan, bu avvalgi yetti kunga nisbatan 109 taga ko‘pdir.

13 ta mamlakat JSSTga so'nggi hafta ichida kasallanish holatlari ko'payganligi haqida ma'lumot berdi, eng sezilarli o'sish Meksikada qayd etilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus odamlarga kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan yuqadi va uning odamdan odamga yuqish  ehtimoli kam ya’ni  cheklangan, ayrim olimlar tomonidan ushbu infeksiya jinsiy yo‘l orqali yuqishi ma’lum qilingan.

Odatda, mpox epidemiyasi uchun o'lim darajasi 1% dan 10% gacha.

O'lim holatining aksariyat qismi yoshlarga to`g`ri keladi.

Mpoxga qarshi maxsus emlash mavjud emas, lekin chin chechakka qarshi emlash kasallikdan 85% himoya qiladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee