logo

    Tibbiyot sohasida   amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning yuqumli kasalliklar misolidagi o‘rni, sohani tubdan  rivojlantirish, jahon standartlariga mos  tibbiyot tizimini shakllantirish markazni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surib, keng ko‘lamli vazifalarni bajarish zarurligini taqozo etadi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan muammoli, dolzarb kasalliklarni o‘z vaqtida tashxislash, to‘g‘ri yo‘naltirish, hamda aholiga malakali, amaliy-uslubiy  tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Markazning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.d. N.U.Tadjiyeva boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining Olmazor tuman ko‘ptarmoqli  markaziy poliklinikasi, shahar 1- va 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida seminar-treninglar o‘tkazib, tibbiy maslaxatlar va ko‘riklar tashkil etdi.  “O‘tkir respirator virusli infeksiyalar”, “Ctreptokokli infeksiyalar. Skarlatina etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash tamoyillari” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. Markaziy poliklinikaga qarashli 9 ta poliklinikadan tashrif buyurgan 47 nafar bemorning holati va tahlil natijalari muhokama qilinib, ambulator va stasionar davo choralarini o‘tkazish uchun tavsiyalar berildi.

Markaz mutaxassislarining hududlarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarlarida bo‘lishlaridan  asosiy  maqsad  yuqumli kasalliklarni oldini olish, tashxisoti, davolash bo‘yicha so‘nggi yutuqlarni ommalashtirib, hududiy shifoxonalarda faoliyat olib borayotgan shifokorlarning bilim va amaliy ko‘nikmasini yanada oshirishdan iborat.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee