logo

Respublikamizda oxirgi besh yillikda aholining epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida o‘tkazilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi maqsadli emlash tadbirlari natijasida ayrim kasalliklar tugatildi, ko‘plab kasalliklar dinamikasida keskin pasayish kuzatildi.

Dunyoda hozirgi kunda vaksinaprofilaktika epidemik jarayonni nazorat qilish, ko‘plab yuqumli kasalliklar epidemiyasi rivojlanishining oldini olish va boshqarishning samarali vositasi hisoblandi.  JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 50 milliondan ortiq kishilar yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etadi. Shu jihatdan, yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida va erta tashhisotining zamonaviy usullarni qo‘llash va profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, o‘lim holatlarining oldini olish hamda vaksinaprofilaktika usullari samaradorligini oshirish amaliy tibbiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda.

Respublikada 2018-2022 yillarda davlat byudjeti hamda GAVI, YUNISEF xalqaro tashkilotlari ko‘magida olib kelingan vaksinalar bilan har yili tug‘ilgan bolalarni milliy profilaktik emlashlar kalendari asosida 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga (gepatit V, sil, poliomiyelit, difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘tal, Xib infeksiya, rotavirus, pnevmokokk  infeksiya, qizamiq, qizilcha, epidparotit va VPCh vaksina bilan odam papilloma viruslari)ga qarshi emlash ishlari olib borildi. O‘z navbatida emlash qamrovini yuqori 97-99,0 foizga olib borilishi samarasida ayni kunda respublikada poliomiyelit, difteriya, stolbnyak bilan kasallanish tugatildi. Qizamiq, qizilcha, gepatit V, sil, epid parotit, rotavirus, pnevmokokk infeksiyalari bilan kasallanish  keskin kamayishiga erishildi.

Jumladan gepatit Vga qarshi bolalarni emlash qamrovi natijasida kasallanish  50 marotabaga, rotavirus infeksiyaga qarshi emlash samarasida o‘tkir diareya kasalliklari bilan kasallanish 30 marotabagacha kamayishiga erishildi, shuningdek, ko‘kyo‘tal, epidparotit, qizamiq, qizilcha bilan kasallanish yagona holatda ro‘yxatga olinmoqda.

Shuningdek, oxirgi besh yilda immunoprofilaktika sohasida moddiy-texnika bazaning mustahkamlanishi, ya’ni vaksina saqlash omborxonalarini yangidan qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va zamonaviy sovutkich uskunalari bilan ta’minlash ishlari olib borildi.

2018 yilda 37 ta omborxona qurilgan;

2019 yilda 32 ta omborxonadan 24 ta omborxona qurililgan bo‘lsa, 8 ta tuman vaksina saqlash omborxonasini qurish uchun mablag‘ ajratilmadi;

2020 yilda esa 121 ta vaksina saqlash omborxonasidan 53 tasi yangidan qurilgan bo‘lsa,  15 ta vaksina saqlash omborxonasi rekonstruksiya qilindi, 33 ta vaksina saqlash omborxonasi kapital ta’mirlandi.

2021 yilda Milliy vaksina saqlash omborxonasi tayyor holatga keltirilib, zamonaviy sovutkich uskunalar bilan taьminlandi.

Vaksinalarni saqlanishi, ishlatilishi jarayonida moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlanishi, sovuqlik zanjiri qoidalariga rioya etilishi natijasida yuqori  samaradorlikka  erishilmoqda. JSST, SDS xalqaro tashkilotidan tashrif buyurgan ekspertlar o‘rganishlar jarayonida  bu jihatlarni e’tirof etayotgani olib borilgan tizimli ishlar natijasi deyish mumkin. 

Ayni kunda respublikamizda aholini koronavirus infeksiyaga qarshi buster doza vaksina bilan emlash ishlari davom etmoqda. Ko‘plab davlatlar qatorida respublikamiz aholisining 95,0 foizi koronavirus infeksiyaga qarshi emlashnishi natijasida ushbu kasallik bilan kasallanish emlangan fuqarolar orasida ro‘yxatga olinmayapti yoki kasallikni yengil o‘tishi kuzatilmoqda.

2019 yildan boshlab respublikamizda bachadon bo‘yi saratoni kasalliklari profilaktikasi maqsadida 9 yoshdagi qizlarni VPCh-odam papilloma viruslariga qarshi emlash milliy emlash jadvaliga kiritildi. O‘tgan davrda 1,5 million nafar qiz odam pailloma viruslariga qarshi emlandi.

2018 yildan boshlab esa 4 oylik bolalarni  sog‘liqni saqlash tizimida amaliyotga IPV-inaktivlangan poliomiyelit vaksina bilan emlash joriy etildi. O‘tgan yildan boshlab 9 oylik bolalarni ham inaktivlangan poliomiyelit vaksina bilan emlash milliy

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki ma’muriy hududlarda poliomiyelitga qarshi emlash ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, o‘tkir bo‘shashgan sholga gumon etilganlarni faol aniqlash, epidemiologik kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Bolalarni qizamiq bilan kasallanishining oldini olish,  chetdan kirib kelishi va uning tarqalishining oldini olish maqsadida 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 3 303 582 nafar  bola 98,4 foiz qizamiq-qizilchaga qarshi emlandi. Ayni kunlarda emlash tadbirlari joylarda davom etmoqda.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee