logo

COVID-19 pandemiyasi immunizatsiyaning insonlar hayoti va iqtisodiyotni himoya qilishdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ta’kidlash joizki hozirgi vaziyatda milliy immunizatsiya dasturi har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning keng tarqab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik nafaqat insonlar hayotini saqlab qoladi, balki ayni vaqtda, kasalliklar tarqaganida chora ko‘rish uchun ketadigan mablag‘ga nisbatan kamroq xarajatlarni talab qiladi.

YuNISEF tashkiloti hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 4-5 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida jurnalistlar va blogerlar ishtirokida “Buster doza vaksina bilan emlashni o‘tkazish” mavzuida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jurnalist va blogerlar orqali aholiga buster dozaning ahamiyatini yetkazish maqsadida tashkil etildi.

O‘quv-seminari davomida mutaxassislar tomonidan pandemiya, COVID-19ning oldini olishda emlashning ahamiyati, aholini buster doza bilan emlanishi orqali muhimligini ta’kidlandi. Bunda jurnalist va blogerlarning aholi orasida to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlarni yetkazilishi muhimligi aytib o‘tildi.

Jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan bu kabi o‘quv-seminari respublikamizning viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi.