logo

Bu kasallik tuzalmas dard bo‘lib, shu infeksiyaga chalingan bemorlar umrining oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishlari zarur.

O‘tgan yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi.

Hukumat tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80%ni tashkil etib, Xalqaro tashkilotlar tomonidan 20% holatlarda dorilarni Respublikamizga olib kirilishi hamda kasallik aniqlanishi bilanoq, barcha bemorlarga dori vositalarini berib borish yo‘lga qo‘yildi.

18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyasiga chalingan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda “Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish maqsadida 120 mlrd so‘m va 54 mln dollar yo‘naltiriladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati