logo

  Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga – SanQvaN, GOST (davlat standarti), tashkilot standarti asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan.

Ya’ni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.

Biz guvohi bo‘lyapmizki, so‘nggi kunlarda keskin sovuq tushishi natijasida bozordagi ayrim sabzavot va meva mahsulotlar muzlab qolgan.

Bu mahsulotlar o‘zining organoleptik xususiyatlari – mazasi, ta’mini yo‘qotadi va iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.

Albatta, ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va ularning muzdan tushgandan keyin saqlash muddatlari keskin kamayib ketadi.

Masalan, «Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0027-22-son SanQvaNning 79-bandida ham UOK (korxonalarda) muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmagan.

Bugungi kunda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda ishchi guruh dehqon bozorlarida aholi uchun qulay sharoit yaratilganligi, bozorlarning sanitariya-gigiyena holati 0035-22-son SanQvaN talablariga javob berishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilib, tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

@sanepidxizmat