logo

Go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarning sanitariya himoya mintaqasi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari (2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari” 0350-17-sonli SanQvaN 6.1.8.-bandi)ga  muvofiq belgilandi.

Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:

  • Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining kirish va chiqish joylarida dezinfeksiyali gilamchalar to‘shalishi, shuningdek, nobarqaror epizootik vaziyatlarda esa dezinfeksiyalovchi eritma bilan to‘ldirilgan maxsus dezinfeksiyali to‘siqlar ham tashkil etilishi lozim;
  • go‘shtni qayta ishlash korxonalarida kichik buyumlarni (pichoqlar, pichoq uchun charx va boshqalar) sterilizatsiya jihozlarida sterilizatsiya qilish, katta inventarlarni esa yuvish va dezinfeksiya qilish sovuq va issiq suvli vannalarda amalga oshirish lozim;
  • go‘shtni qayta ishlash korxonalaridagi har bir turdagi mahsulot uchun alohida sovutish rejimiga rioya qilinishi kerak;
  • mexanik ishlov berish natijasida maydalangan go‘shtning harorati ko‘tarilishining oldini olish uchun sovutuvchi generatorlardan foydalanilishi lozim;
  • kesish oxirida maydalangan go‘shtning harorati 18 ℃, sexdagi harorat 12 ℃ bo‘lishi lozim;
  • go‘shtni qayta ishlash korxonalari xodimlari Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) asosida tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tishlari lozim.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

 @sanepidxizmat