logo

“Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0039-22-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanQvaN) talablari bilan tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar

 

Yordamchi va qurilish materiallari, yoqilg‘ilarini saqlash uchun qurilmalar, yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan binolar joylashgan xo‘jalik zonalari hamda asosiy ishlab chiqarish binolari joylashgan ishlab chiqarish zonalari ajratilgan bo‘lishi kerak;

korxona hududidagi bo‘sh turgan maydonlarni o‘tloq va butasimon daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirish kerak;

urug‘li, egilib turgan kengbargli yoki tolali daraxt va butasimon daraxtlar ekilmaydi;

 smenada 100 nafar ko‘p ayol ishlagan holatlarda ayollar hojatxonasi bilan yonma-yon ayollarni shaxsiy gigiyenasi uchun xonalar jihozlanishi kerakligi bekor qilindi.

 

Mazkur Sanitariya qoidalarini ishlab chiqishda Xalqaro standartlardagi atamalardan foydalanilgan.

 

Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:

Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar shamol yo‘nalishini e’tiborga olgan holda, turar joy binolari, davolash-profilaktika va madaniy-maishiy muassasalardan keyin, zararli moddalar ajratib chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalardan oldin joylashtirilishi lozim;

sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidagi bolalar sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sexlar asosiy ishlab chiqarish xonalaridan alohida joylashtirilgan bo‘lishi lozim;

sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga tarqalayotgan gaz va aerozol chiqindilari, separator chiqindilari oqava suvlar tarkibiga tushishi, shuningdek, yog‘lar va oqsil chiqindilari, qayta ishlangan kimyoviy reagentlar, dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalari hamda boshqalar hisobiga atrof-muhit ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak;

sutni qabul qilishda filtrlovchi materiallar har bir topshiruvchidan sut qabul qilingandan so‘ng yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi kerak;

 

epizootik noxush hududlardan, shu jumladan brusellyoz va sil kasalliklari aniqlangan xo‘jaliklardan qayta ishlash uchun sut qabul qilinmasligi lozim;

sut va sut mahsulotlarini qadoqlash uchun ko‘zda tutilgan polimer va boshqa sintetik materiallardan tayyorlangan buyumlar, plyonka, inventar, tara (maxsus idish), idishlar, apparatlar va texnologik jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada bo‘luvchi materiallar xavfsiz bo‘lishi kerak;

korxonada qo‘l yuvish uchun rakovinalar sovun, cho‘tka, qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun qurilmalar, qo‘l quritish moslamasi yoki bir marta qo‘llaniladigan sochiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

 

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

 

@sanepidxizmat