logo

Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi bosh hamshiralari, immunizatsiya ishlari uchun mas’ul epidemiolog, immunologlari ishtirokida COVID-19ga qarshi va amaldagi emlash dasturi bo‘yicha emlash qamrovini kengaytirishda shaxslararo muloqot ko‘nikmalarining ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda.

 

Seminar aholi o‘rtasida yuqumli  kasalliklarning oldini olish, koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktik emlash bilan qamrab olishni jadallashtirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida aholini koronavirusga qarshi buster doza bilan emlashni tashkil etish, buster dozaning ahamiyatini targ‘ibot-tashviqot orqali o‘tkazilishi muhimligi ta’kidlab o‘tildi. 

 

Seminarda mutaxassislarga kerakli profilaktik emlash tadbirlarini jadallashtirishda tavsiyalar berilib, vazifalar belgilandi.

 

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

⏩ @sanepidxizmat