logo

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “Oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 0001-99-sonli yo‘riqnomaning VII bob, 10-bandiga muvofiq fuqarolar tomonidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining laboratoriya tahlillari o‘tkazilishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Bunday vaziyatda oziq-ovqat mahsuloti qayerdan, kimdan sotib olinganligi, ayniqsa uning saqlash va tashish qoidalariga rioya qilinganligini aniqlab bo‘lmaydi.

Masalan oziq-ovqat mahsulotlari noto‘g‘ri sharoitda saqlanganda mahsulot sifat ko‘rsatkichi o‘zgarishi va mikroorganizmlarni  ko‘payishi kuzatiladi. Shu bois fuqarolar tomonidan murojaat qilinganda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan mahsulot xarid qilingan joyiga chiqib, ushbu mahsulotni tayyorlovchi yoki uni realizatsiya qiluvchi shaxs ishtirokida aynan o‘sha oziq-ovqat mahsulotidan SanQvaM talablariga asosan steril idishlarga maxsus laboratoriya anjomlarini qo‘llagan holda namunalar tanlab olinadi.

Shundan so‘ng laboratoriya akkreditatsiyasi doirasida SanQvaM talablari bo‘yicha tahlillardan o‘tkaziladi.

 

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

@sanepidxizmat