O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va hududiy boshqarmalar mutaxassislari respublikamiz aholisiga anomal sovuq kunlari fuqarolar orasida o‘tkir respirator kasalliklarning ko‘payishi mumkinligini inobatga olgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi:
❗️Bugungi kunda koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz kechmoqda. Shu sababli bemorlarda tana harorati yuqori bo‘lmasligi, isitmalash davri bir kundan uch kungacha davom etishi, ba’zi insonlarda tana harorati umuman ko‘tarilmasligi mumkin. Bunday holatlarda COVID-19 infeksiyasini PZR testi, ekspress testlar yordamida organizmga tushgan yoki tushmaganligini bilish mumkin.
🔹Hurmatli fuqarolar agarda siz yoki oila a’zolaringizda shamollash belgilari kuzatilsa zudlik bilan yashash hududingizdagi oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat etishingiz tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan dori vositalarini iste’mol qilmaslikni eslatib o‘tamiz.
🔹Siz yoki oila a’zolaringizda koronavirus kasalligiga gumon bo‘lsa shifokor tavsiyasi bilan zudlik bilan koronavirusga test topshirishingiz zarur.
🔹Koronavirusga PZR-test topshirish uchun hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomtligi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Sanepidxizmat
Matbuot xizmati
@sanepidxizmat