✳️ Umumta’lim maktablarida ta’lim sharoitlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga ilovaga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchada haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:
📌 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
📌 2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);
📌 5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
📌 10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
📌 Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.
Sanepidxizmat
Matbuot xizmati
▶️ @sanepidxizmat