✅ Beruniy tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi vrach-epidemiologlari B.Matyoqubov va F.Madatboyevlar tomonidan profilaktik tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “Epidemiologik ahamiyatga ega favqulotda vaziyatlardagi tezkor harakatlar to’g’risida”gi 28-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 13-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Dori vositalarining qo’llanilishi chog’ida nojo’ya reaksiyalar aniqlangan holatlar to’g’risida xabardor qilish tartibi to’g’risidagi Nizom” talablari bóyicha xususiy tibbiyot muassasalarida tushuntirish ishlari o`tkazildi.
Jumladan, “Dantist”, “Farida-dent”, “Citolab-diagnostikum”, “Ro’zimboy Aslbek”, “UZI 4D Med Diagnostik”, “Suxrob stom”, “Bellur Farm Centre”, “Gayrat LOR”, “Crown Group”, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida aholiga davolash-profilaktika yordami ko’rsatayotgan muassasalardagi tibbiyot xodimlariga o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidxizmat
Matbuot xizmati
@sanepidxizmat