logo

 O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining yangi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Vaksinalar va immunoprofilaktika” bo‘limida  informatsion resurslar va koronavirusga qarshi emlashni muvofiqlashtirish – Сall markazni   ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Ta’kidlash joizki, kelgusi yilda  respublikaga olingan vaksinalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarga sovuqlik zanjiriga rioya etgan holda yetkazib berilishida haroratni kuzatuv  elektron monitoringi   amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Shuningdek,   immunizatsiya ishlari uchun mas’ul  tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini ish joyida oshirish,  vaksinalarni samarali boshqaruv,  yuqumli kasalliklarni oldini olishda  rejali va epidko‘rsatmaga muvofiq emlashlarni jadallashtirish, qizamiq, poliomiyelit yuqumli kasalliklarining chetdan kirib kelishi va uning tarqalishini oldini olishda chora-tadbirlarni takomillashtirish, aholi orasida emlashni ahamiyati, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini oshirish mavzusida  o‘quv  mashg‘ulotlarni olib borilishi  rejalashtirilgan.

Aholi o‘rtasida vaksinatsiya bilan bog‘liq savollarga tezkorlik bilan javob qaytarishga mo‘ljallangan Call-markazi tashkil etildi.

Shu o‘rinda vaksinatsiya bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa Call-markazining 1327 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

 

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

⏩ @sanepidxizmat