logo

 

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan joylarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan "Oqqo‘rg‘on tuman dehqon bozori"da Yangi yil bayrami arafasida monitoring ishlari o‘tkazildi.

Botulizm kasalligi hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida konserva mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati, yaroqlilik muddati ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Yangiyo‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Yangi yil bayrami uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkalarida sanitariya talablariga rioya qilinishi hamda  ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish borasida sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan botulizm kasalligining oldini olish bo‘yicha bir qator nazorat tadbirlari olib borildi, nazorat davomida uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar, tuzlama va salat mahsulotlari savdosi to‘xtatildi.

 

⏩ @sanepidxizmat