❇️ Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi Yangiariq tumani bo‘limi xodimlari va tuman hokimi Anvar Davletov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar hamkorligida tuman dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati, bozordagi mahsulot narxlarining asossiz oshib ketmasligi, sanitariya-qoidalariga rioya etilishi holatlari o‘rgandilar.
❇️ O‘rganishlar jarayonida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining rastalarda uzluksizligini ta’minlash, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiena qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
⏩ @sanepidxizmat