logo

2022 yil 22 dekabrda  Beg‘araz yordam ko‘rsatish davlat dasturlarini amalga oshiruvchi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatli xizmati o‘rtasida KOICAning yangi “O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish orqali yuklamani kamaytirish”  loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muzokaralar Bayonnomasi imzolandi.

14,15 million AQSH dollarilik yangi loyihaning maqsadlari yuqumli kasalliklarga qarshi tizimli chora-tadbirlar yaratish va favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarni epidemiologik tekshirish va monitoring qilish salohiyatini oshirish, shuningdek sanitariya-epidemiologiya xizmatining milliy yuqumli kasalliklar laboratoriyalari uchun tezkor/aniq diagnostika tizimini joriy etish.

Marosimda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatli xizmati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi, shuningdek  Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdi.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

️@sanepidxizmat