logo

         O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 virusiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda, tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 virusining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat'iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimligini ta'kidlab quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:

         Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar mavjud bo‘lganda PZR usuli bo‘yicha COVID test natijasi salbiy bo‘lgan sertifikatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

         Shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamroh bo‘lgan shaxslar uchun emlash sertifikatlari mavjud bo‘lsa, PSR testidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish talab qilinmaydi.

          5 yoshdan oshgan bolalar, hamrohlik qiluvchi shaxslarning emlash sertifikatlari bor-yo‘qligidan qat'iy nazar, PZR testidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari shart.

Ushbu kelishuv joriy yilning 18 martidan amal qilishni boshladi.