logo

Dunyoda hamon koronavirus kasalligi insoniyat salomatligiga xavf solmoqda. Aholini ommaviy emlash tadbirlari kasallikni jilovlash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekistonda yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlod vaksinasi hamkorlikda yaratilib, tadqiqotlar va klinik sinovlar o‘tkazilmoqda.

Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vise-prezidenti Pu Szyan va kompaniya xodimlari hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Omikron-Delta shtammiga (yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi) qarshi yangi rekombinat oqsilli vaksinaning xalqaro klinik sinovi o‘tkazilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublkasi Ichki ishlar vazirligining markaziy poliklinikasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vise-prezidenti Pu Szyan mazkur xalqaro klinik tadqiqotni O‘zbekistonda o‘tkazilishi juda katta amaliy ahamiyatga egaligini ta’kidlab, Respublika hukumati va tadqiqotda ishtirok etayotgan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining rahbariyati va ilmiy xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining COVID-19ga qarshi yaratilayotgan yangi rekombinant vaksina ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari xitoylik mutaxassislar hamda mustaqil ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Yana bir muhim jihati esa ZF-UZ-VAS2001 o‘zbek – xitoy vaksinasi nafaqat virusning mavjud shtammiga, balki koronavirusning yangi "Britancha", "Braziliya" va "omikron" shtammlariga qarshi samaradorligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, ayni paytda O‘zbekiston va Xitoyda Omikron-Delta shtammiga (yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi) qarshi yangi rekombinant oqsilli vaksinasining xalqaro klinik tadqiqotlari o‘tkazilayotgani aholi o‘rtasida koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozalari bilan emlanish darajasini oshishiga, aholi o‘rtasida kasallik qayta tarqalmasligiga xizmat qiladi.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

️@sanepidxizmat