logo

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, RIEMYUPKIATM Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston gepatologlar uyushmasi va chet ellik soha mutaxassislari ishtirokida  “O‘zbekistonda kuzgi gepatologiya maktabi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanning maqsadi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun o‘ta muhim muammo – D virusli gepatitini davolashda erishilgan so‘nggi yutuqlarni muhokama qilishdan iborat edi. O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan В, D, C virusli gepatitlari va jigarning alkogolsiz yog‘li kasalligining so‘nggi bosqichi bilan kasallangan bemorlarni kuzatish va davolash masalalari. Virusli gepatitni bartaraf etish bo‘yicha jahon tajribasini xalqaro ekspertlar ishtirokida keng muhokama qilish infeksionistlar, epidemiologlar, gastroenterologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa mutaxassislarning virusli gepatitga qarshi kurashning dolzarb muammolarini hal etishda sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari, Misr, Turkiya, Gruziya, Pokiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikistondan taklif etilgan xorijiy ekspertlar, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot akademiyasi, yuqumli kasalliklar klinikalari, poliklinika xizmati mutaxassislari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari B.Qurbonov va Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori E.Musabayev ochib berdilar.

Konferensiya doirasida dunyoda va O‘zbekistonda virusli gepatitni bartaraf etish muammosiga bag‘ishlangan “Dunyoda va O‘zbekistonda virusli gepatitlarning B va C turlarini bartaraf etish dasturlari, muvaffaqiyat va muammolar, turli mamlakatlar tajribasi” mavzusidagi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

 Yalpi majlisda quyidagi ma’ruzalar tinglandi:

Musabayev Erkin Isakovich – “O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tarixidan ba’zi faktlar”. (O‘zbekiston Respublikasi)

Senad Handanagic - Gepatit C va B ni bartaraf yetish bo‘yicha global strategiya. Asosiy yepidemiologik ma’lumotlar. Yutuqlar va muammolar. (AQSH)

Mohamed Hassany - Misr tajribasi. (Misr)

Huma Iftikhar Qureshi - Milliy gepatit tadqiqoti va Pokiston uchun foydalari. (Pokiston)

Maya Tsereteli - Gruziyada davom etayotgan gepatit C ni yo‘q qilish dasturining borishi. (Gruziya)

Azimzoda Saodat Mustafo - Gepatit B virusini bartaraf etish (muammolar va istiqbollar). (Tojikiston)

Sukran Kose - Virusli gepatitning oldini olish va nazorat qilish: turk modeli. 

Nurmatov Zuridin Sharipovich - Qirg‘izistonda qon orqali yuqadigan virusli gepatit bo‘yicha epidemiologik vaziyat. (Qirg‘iziston)

 Kaliaskarova Kulpash Sagindikovna - JSSTning 2030 yilgacha Gepatit C ni bartaraf etish bo‘yicha Global dasturi. Qozog‘istondagi vaziyat. (Qozog‘iston Respublikasi)

Sadirova Shahlo Sabirovna – Toshkent shahrida gepatitni bartaraf etish bo‘yicha tajriba dasturida virusli gepatit B va C skrining kaskadi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi darajasida Milliy dastur amalga oshirilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi)

Ikkinchi kuni gepatologlar uchun quyidagi mavzularda o‘quv seminari o‘tkazildi:

В, D, С virusli gepatitlari va alkogolsiz yog‘li jigar kasalligining so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish va davolash muammolari.

• Gepatit D: kasallikning davolash va patogenezida yangiliklar

Gepatologiya sohasidagi yetakchi mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida murakkab klinik holatlarni tahlil qilish.

Ma’ruzachilar dunyoda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida infeksion xizmatning eng muhim yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

️@sanepidxizmat