logo

Jahon banki “Yagona salomatlik” (“One-Health”) tashabbusi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmanistonda milliy va xalqaro ekspertlar guruhi ishtirokida tematik tadqiqot amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur tadqiqot doirasida Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida Jahon bankining milliy va xalqaro ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bolib otdi.

Uchrashuv chogida tomonlar One-Health tashabbusi yondashuvlarini joriy etish holati, milliy dasturlar ishlab chiqishda e'tiborga olinishi, atrof-muhit, jamoat va hayvonlar salomatligining taminlashda idoralar aro xamkorlik masalalari muhokami qilishdi.

Jahon banki ekspertlar guruhi suzlariga ko'ra, Ozbekistonda zoonoz kasalliklar, oziq-ovqat xavfsizligi, dori vositalaridan foydalanish va mikroblarga qarshi rezistentlik (AMR) va atrof-muhit ifloslanishi masalarida multisektoral yondashuv mintaqada eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri ekanligi etirof etildi va ijobiy baholandi.

Shuningdek, tomonlar zoonoz kasalliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligi va mikroblarga qarshi chidamlilik (mikroblarga qarshi rezistentlik (AMR)) bo'yicha asosiy muammolar va ustuvor yonalishlarni aniqlash hamda ularning aholi salomatligi va iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish borasida olib borilayotgan ishlar togrisida firklar almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelishilgan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi amaliy hamkorlik qilish yo'llarini belgilab oldilar.