logo

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2022 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekistonda:

 O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PTSR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma'lumotga ega bo‘lishi talabi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan taqdirda, ulardan PTSR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo‘yilmaydi.

 Buning o‘rniga, tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lmagan taqdirda respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi yoki chegara o’tish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi bo‘yicha manfiy natijali ma'lumotnomaga ega bo‘lishi shart qilib belgilandi.

 O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali ikki mamlakat fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.