logo

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, “Yuksalish” umummilliy harakati va YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorlikda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlashga jalb etish bo‘yicha jamoatchilik bilan muloqotlar o‘tkazmoqda.

Keng qamrovli targ‘ibot ishlari hamkorlikda tuzilgan reja-jadvali asosida o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrining Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek tumanlari mahalla raislari, mahalla faollari va katta yoshli aholisi orasida koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlash ishlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, savol-javoblar o‘tkazildi.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

️@sanepidxizmat