• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-23

QIZAMIQ KASALLIGIGA QARSHI EMLASH JARAYONLARI NAZORAT QILINMOQDA

topics-img

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida olib borilayotgan qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari hamda vaksinalarning saqlanishi nazoratdan o‘tkazildi.

 

Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir. KPK vaksinasi qizamiqning barcha shtammlaridan uzoq muddatli himoyani ta’minlaydi. Farzandni himoyasini ta’minlash uchun O’zbekiston milliy emlashlar taqvimiga muvofiq KPK vaksinasining ikki dozasi bilan emlanishi kerak.

 

Jumladan, Bektemir tumanida joylashgan tuman oilaviy poliklinikalari va uyushgan va uyushmagan jamoalari hamda maktablarda qizamiq kasalligiga qarshi rejali emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Ushbu emlash tadbirlarida  6 oylikdan 30 yoshgacha bo'lgan aholi qatlami faol ishtirok etmoqda. Ta'kidlash joizki, o'z vaqtida kasalliklardan himoyalanishda vaksina olish inson salomatligini kasalliklardan himoyalashda muhim ahamiyatga ega.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee