• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-08

OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHALARI TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT

topics-img

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi kunda ozuqaviy qo‘shimchalarsiz texnologik jarayon yo‘q. Masalan, non ishlab chiqarishda achitqi yoki soda ishlatilishi, maxsulotlarning yaroqlilik muddatlarini uzaytirish maqsadida qo‘llaniladigan konservantlar, yoki shakar o‘rnini bosuvchi shirinliklar. Ammo, ko‘pchilik oziq-ovqat qo‘shimchalari sun’iy, ya’ni kimyoviy moddalar sintezi natijasida olinadi, shu sabab, ularning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanishini nazorat qilish zaruriyati mavjud.

Xalqaro Kodeks Alimentarius tashkilotining tavsiyalarida oziq-ovqat qo‘shimchalari Е xarfi bilan belgilangan bo‘lib, quyidagi guruhlardan iborat:

E100–E199 – bo‘yoqlar;

E200–E299 – konservantlar;

E300–E391 – oksidlanishga qarshi va kislotalikni me’yorlovchi moddalar;

E400–E481 – stabilizatorlar, emulgatorlar va quyuqlantirvuchi moddalar;

E500–E585 – boshqa turdagi qo‘shimchalar;

E600–E699 –ta’m va aromatni kuchaytiruvchi moddalar;

E700–E899 – yangi turdagi qo‘shimchalar;

E900–E999 – sirlovchi (yaltiratuvchi), shirinlik o‘rnini bosuvchi, unni oqartirvuchi qo‘shimachalar;

E1100–E1105 – fermentlar.

«E» kodi berildi degani u sun`iy yoki kimyoviy degan tushuncha emas. Masalan, E160a “karotinlar”, E162 “lavlagi bo‘yog‘i“, E170 “karbonat kalsiy”, E300 “askorbin kislotasi” va boshqa shunga o‘xshash bolalar uchun foydali bo‘lgan qo‘shimchalar mavjud. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlarda №0283-10 sonli “Oziq ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo‘lgan gigiyenik talablar”  Sanitariya Qoidalari talabiga muvofiq sun’iy oziq ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee