• eye
Axborot xizmati
time 29.05.2021
395
2021 yil 27 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banklari ishtirokida

“O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ №5129-sonli qaroriga SHARH

Xabaringiz bor, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya dunyo hamjamiyatini, shu jumladan respublikamiz tibbiyot tizimini jiddiy sinovlardan o‘tkazdi va o‘tkazishda davom etmoqda. Aksariyat davlatlar ushbu sinovga dosh bera olmasdan chuqur iqtisodiy inqirozga yuz tutdiki, hali beri ushbu inqirozdan chiqib keta olmaslik yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tabiiyki, epidemik vaziyatning bu qadar uzoq vaqt mobaynida murakkab bo‘lib turishi vaziyatni yanada og‘irlashtirish, imkoniyatlarni chegaralash, iqtisodiyotning boshi berk ko‘chaga kirib qolishini yaqinlashtirishdan nariga o‘tmayapdi.

Aynan shunday paytda, epidemik barqarorlikni ta'minlash, uning jilovini bir maromda ushlab turish, vaziyatning chigallashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik katta ahamiyat kasb etibgina qolmasdan, balki, xalqaro hamjamiyat oldida har qanday davlatning nufuzini, ilmiy-amaliy salohiyatini belgilab beruvchi omil sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Nazarimizda O‘zbekiston Respublikasi tibbiyoti, koronavirus pandemiyasi davrida nafaqat toblandi, balki, misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatidan tortib, ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlargacha katta ijobiy o‘zgarishlarga erishdi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, kadrlar salohiyati oshdi, eng murakkab tibbiy amaliyotlar nafaqat viloyatlar markazlarida, balki tuman va shaharlarda o‘tkazilishiga imkoniyat yaratib berildi.

Tibbiyot tizimiga azaldan ko‘p xarajatli tizim, alohida e'tiborga loyiq soha sifatida qaralgan. Shunday ekan, hali yechimini kutayotgan muammolari son-sanoqsiz bo‘lgan tibbiyot tizimi muammolariga yechim topish barobarida sanitariya-epidemiologiya xizmati e'tibordan chetda qolib ketmayotganligi quvonarli holdir albatta.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, sanitariya-epidemiologiya xizmati strategik soha, aniqroq aytsak davlatimiz tibbiyotining alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi sifatida qaralayotganligi bejizga emas. Negaki, respublikamiz rahbariyati tomonidan belgilab berilgan, pandemiyaga qarshi kurashishning o‘ziga xos alohida strategiyasida, mazkur soha muassasalarining muhim o‘rni borligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi.

Bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlarni ko‘rsatish mumkin.

Xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, modernizasiyalash va jozibadorligini oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot va Osiyo infrastruktura investisiyalar banklari bilan xizmat huzuridagi barcha muassasalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va Respublika miqyosida Referens-laboratoriyalarni yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi va ushbu muzokaralar yakuni bo‘yicha yuqorida nomlari zikr etilgan moliyaviy institutlar tomonidan jami  200,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida tizimdagi jami 475 ta muassasalarning moddiy-texnik bazasini yangilash, xususan, kerakli bo‘lgan tibbiy va notibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan,

7 ta Milliy referens – laboratoriyasini, 31 ta hududiy laboratoriyalarni bioxavfsizlikning II darajaga;

 423 ta tuman (shahar) – laboratoriyalarni bioxavfsizlikning I darajasigacha ko‘tarishga;

14 ta hududiy – yuqumli kassalliklar shifoxonalarini modernizasiya qilishga erishiladi.

Mazkur qaror bilan belgilangan loyihani amalga oshirish barobarida:

Natijada,  57.50 mln. AQSh dollariga:

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun – 5.9 mln. AQSh dollari;

Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti uchun – 6.8 mln. AQSh dollari;

Respublika o‘lat profilaktika markazi va filiallari uchun – 3.92 mln. AQSh dollari;

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti – 2.5 mln. AQSh dollari;

Sanitariya-epidemiologiya xizmati – 2.45 mln. AQSh dollari;

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari uchun – 3.96 mln. AQSh dollari;

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy laboratoriya komplekslari uchun – 13.5 mln. AQSh dollari;

Dezinfeksiya stansiyalari uchun – 8.43 mln. AQSh dollari;

Qolgan xizmat qoshidagi muassasalar uchun – 18.47 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga,

97.50 mln. AQSh dollariga:

190 turdagi diagnostik analizatorlar va asbob-uskunalar;

200 ta maxsus dezinfeksion avtoulovlar;

160 ta maxsus sanitariya avtoulovlar xarid qilish rejalashtirilgan,

Jumladan: 

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun – 2.296 mln. AQSh dollar;

Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti uchun – 3.71 mln. AQSh dollar;

Respublika o‘lat profilaktika markazi va filiallari uchun – 2.8 mln. AQSh dollar;

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti – 1.84 mln. AQSh dollar;

Sanitariya-epidemiologiya xizmati – 2.367 mln. AQSh dollar;

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari uchun – 4.460 mln. AQSh dollar;

Bundan tashqari,

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy laboratoriya komplekslari uchun – 49.1 mln. AQSh dollari;

Xizmat qoshidagi qolgan muassasalar uchun – 30.927 mln. AQSh dollar mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan;

Milliy axborot/monitoring tizimi uchun – 23.5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning evaziga epidemiologik vaziyatni vizual kuzatish, ma'lum vaqt oralig‘ida uni baholash va bashoratlash tizimi yaratiladi va soha amaliyotiga tatbiq etiladi.

17 554 nafar Sanitariya-epidemiologiya xizmati huzuridagi muassasalari xodimlarini malakasini oshirish uchun – 6.5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Investision davrdagi moliyaviy xarajatlar va ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun – 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini  amalga oshirilishi sanitariya-epidemiologiya xizmati va koronavirus infeksiyasiga (COVID-19) qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi daxldor soha muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi, kadrlar salohiyatini oshiradi, soha amaliyotiga axborot kommunikasiya tizimi tatbiq etilishi orqali tizim raqamlashtiriladi.

Tabiiy, bu kabi yaratilgan shart-sharoitlar profilaktik tibbiy yordam sifatini oshiradi, tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi, sohaning operativligini ta'minlaydi, tashxis qo‘yish, davolash va profilaktikasi bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida hamda to‘laqonligiga asos yaratadi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi xizmatining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering