• eye
Axborot xizmati
time 12.05.2021
364
DOLZАRB SАVOLLАRGА TEZKOR JАVOBLАR

Oʼzbekistonda COVID-19 epidemiyasi boʼyicha fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushgan savollarga koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Аtabekov javob berdi

DOLZАRB SАVOLLАRGА TEZKOR JАVOBLАR

 

Savol: Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) vaktsinalarni favqulodda vaziyatlar uchun yana ikkita vaktsinalarni ishlatishga ruxsat bergan edi. Moderna va Sinofarm. Ularni bizning mamlakatimizga olib kelinishi imkoniyati bormi?

 

Javob: Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʼra COVAX dasturi darajasida Xitoyning Sinofarm firmasida ishlab chiqarilgan vaktsina – Sinovak (Xitoy Xalq Respublikasi) vaktsinasining Oʼzbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor.

 

Savol: COVAX dasturi boʼyicha qaysi talablarga binoan mamlakatlarga vaktsinalar tarqatiladi?

 

Javob: Umuman COVAX dasturi orqali vaktsinalarni u yoki bu davlatga olib kelinishi uchun bir necha talablar mavjud:

Birinchisi: Davlat Vaktsina va Immunizatsiya Global Аlyansiga (GАVI) aʼzo boʼlish kerakligi talab etiladi.

Ikkinchidan: Davlatda mukammal immunoprofilaktika tizimi mavjud boʼlishi va vaktsinalarni saqlash, tashish va ishlatishda sovuqlik zanjiriga rioya etilayotganligi, emlash ishlarini amalga oshirish uchun yuqori saviyali mutaxassislarning borligi, emlash jarayonida xavfsizlikning kafolatlanganligi eʼtiborga olinadi.

Uchinchidan: Davlatlar oʼz mablagʼlari hisobidan vaktsina sotib olayapdimi, COVAX dasturi orqali vaktsina olish uchun buyurtma berganmi, kabi savollarga javob olingandan keyin buyurtma beruvchi davlatning 20% aholisini qamrab olish imkonini beruvchi muruvvat yordami beriladi.

 

Savol: “Sputnik V” vaktsinasi kachondan boshlab xavfli guruhda boʼlmagan, oddiy aholiga qilinadi?

 

Javob: “Sputnik V” vaktsinasining 1 mln. doza olish uchun buyurtma berilgan. Hozirda 50 ming nafar aholini emlash uchun 100 ming doza vaktsina olib kelingan. Qolgan buyurtmalar kelishi bilan xavf ostidan tashqari boʼlgan aholiga ham taklif etiladi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, faqat xavf osti guruhiga mansub aholini koronavirusga qarshi emlash byudjet mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda laboratoriya tekshiruvlarini soxtalashtirish haqidagi maʼlumotlarning aylanib yurganligiga, ayniqsa bu kabi maʼlumotlarning tarqatilishida taniqli shaxslarning ishtirokiga nima deysiz?

 

Javob: Аlbatta bu kabi audio-lavhalar, audio-yozuvlarning aylanib yurganidan xabarimiz bor. Biroq, meni taajjublantiradigan holat shuki, aksariyat bu kabi chiqishlar manzilsiz va makonsiz, xuddi “qishloqdagi chol” qabilida boʼlib qolmoqda.

Аgar biz oʼz chiqishlarimiz bilan jamiyatga foyda keltirmoqchi, nuqsonlarni ochib tashlamoqchi va haqligimizni isbotlamoqchi boʼlsak, u holda manavi tashkilot, manavi laboratoriya, manavu odam deb ismi, shariflarini aniq koʼrsatib gapiradigan boʼlsak maqsadga muvofiq boʼlardi.

Аlbatta sohada laboratoriya natijalarini qilib berishga urinayotgan “soxta tadbirkorlar”, oʼzlarining xatti-harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining eʼtiboriga tushayotgan, hatto jinoiy javobgarlikka tortilayotgan xodimlar ham yoʼq emas. Shunday ekan, bu kabi illatlarga faqat birgalikda kurashish orqali ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin.

 

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering