• eye
Yangiliklar
time 08.04.2021
793
ENG KENG TАRQАLGАN SАRАTON XАSTАLIGI

Bugungi kunda ayollar oʼrtasida saraton kasalligiga chalinish koʼp uchramoqda. Bachadon boʼyni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi.

JSST maʼlumotlariga koʼra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ortiq ayolda bachadon boʼyni saratoni birinchi bor qayd etiladi, shulardan 190 mingtasi ushbu kasallik oqibatida vafot etadi.
Oʼzbekistonda ham bachadon boʼyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʼrtasida koʼkrak bezi saratonidan keyingi oʼrinda turadigan va eng keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi. Kasalliklardan oʼlim koʼrsatkichi boʼyicha esa, bachadon boʼyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʼrtasida koʼkrak bezi va oshqozon saratoni tufayli oʼlimdan keyin uchinchi oʼrinda turadi. Tugʼish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida bachadon sartonidan oʼlim koʼrsatkichi ikkinchi oʼrinni egallaydi. Taʼkidlash joizki papilloma virusi kasalliklarining salmogʼi yuqori boʼlib, uning oldini olish uchun samaradorligi yuqori va xavfsiz boʼlgan odam papilloma virusi vaktsinasi bilan emlash samarasida bachadon saratonining kamayishi kuzatilayapti.
JSSTning maʼlumotlariga koʼra, har yili Oʼzbekistonda 1660 nafar ayollar bachadon boʼyni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Odam papillomasi virusiga qarshi emlash ayollarda uchraydigan bachadon boʼyni saratonining oldini olishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Oʼsmir yoshdagi qizlarni rejali emlash kelajakda 1100 ta kasallanish holati va bachadon boʼyni kasalligidan 585 ta oʼlim holatlarining oldini olishga yordam beradi. OPVga qarshi rejali emlash 92 davlatda, ular orasida JSST Yevropa mintaqasidagi 36 davlatda ham qoʼllanib kelinmoqda. 
Bachadon boʼyni saratoni oldi jarayonlarini kamaytirishdagi emlashning yuqori samarasi klinik sinovlar davrida koʼringanini taʼkidlash joiz. Bu vaktsina koʼp yillardan beri – Аvstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya, АQSh davlatlar misolida qoʼllanib kelinmoqda.

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering