• eye
Yangiliklar
time 04.12.2020
945
BАRCHАNING XАVFSIZLIGI TА'MINLАNMАGUNCHА HECh BIRIMIZ XАVFSIZLIKDА EMАSMIZ.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyulda qabul qilingan «Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori boʼyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Koronavirus pandemiyasi davrida Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʼz vazifasini qanchalik darajada bajarmoqda?

BАRCHАNING XАVFSIZLIGI TА'MINLАNMАGUNCHА HECh BIRIMIZ XАVFSIZLIKDА EMАSMIZ.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyulda qabul qilingan «Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori boʼyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Koronavirus pandemiyasi davrida Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʼz vazifasini qanchalik darajada bajarmoqda?

Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʼining birinchi oʼrinbosari Xolmamat NORBOEV muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi.

– Qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi respublika, viloyat va tuman darajasidagi soha xodimlari eʼtiboriga yetkazildi, qoʼyilgan topshiriqlardan kelib chiqib, ustuvor vazifalar belgilandi. Xizmatning tashkiliy-tarkibiy tuzilmalari, shtat jadvallari, soha mutaxassislarining mehnatiga haq toʼlash tizimini takomillashtirish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohaga keng joriy qilishning asosiy yoʼnalishlar belgilab olindi. Jumladan, Sogʼliqni saqlash vazirligining maxsus buyrugʼi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi hamda uning faoliyat nizomi tasdiqlandi. Unga koʼra, markaz bundan buyon Respublikada yuqumli va parazitar kasalliklar sohasida faoliyat koʼrsatayotgan barcha tibbiyot muassasalarining ishini muvofiqlashtirib boradigan, ularga tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam koʼrsatuvchi muassasa boʼladi. Bu birinchi navbatda, keyingi yillarda dunyoda avj olayotgan yuqumli kasalliklar boʼyicha chet davlatlarning ilgʼor ilmiy-amaliy tajribalarini oʼrganish va ularni amaliyotga tatbiq etish ishlarini tezlashtirsa, ikkinchi tomondan yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, kasallikka erta tashxis qoʼyish va bemorlarni samarali davolash boʼyicha ilmiy asoslangan xizmatlar koʼrsatilishini taʼminlaydi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbar lavozimlariga Prezidentimiz tomonidan qoʼyilgan vazifalarni bajarishga salohiyati bor mutaxassislarni tanlab olish maqsadida, mahalliy hokimliklar tomonidan viloyat, tuman, shahar sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqaruv organlariga nomzodlar roʼyxati asosida, attestatsiya oʼtkazilib, zarur nazariy bilimlarga hamda amaliy koʼnikmalarga ega boʼlgan, yuklangan vazifalarni talab darajasida bajara oladigan nomzodlar tanlab olindi.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida "Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi" fakulьteti tashkil etildi. Toshkent tibbiyot akademiyasida 2020-2021 oʼquv yilidan boshlab, fakulьtet talabalarini tayyorlash oʼquv dasturlariga shu yoʼnalish boʼyicha mavzular, soatlar kiritilib, rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini joriy qilish boʼyicha meʼyoriy hujjat loyihasi ishlab chiqarildi.

Oziq-ovqat, sanoat va boshqa isteʼmol mahsulotlarning sifatiga baho beruvchi avvallari katta sharoit, koʼp ishchi kuchi va maxsus jihozlangan laboratoriyalar orqali amalga oshirilgan laboratoriya tahlillarini zamonaviy ixcham laboratoriyalarda, ekspress usullarni joriy qilish boʼyicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 32 yangi Sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigienik normativlari tayyorlandi va ulardan 7 tasi huquqiy xulosa olish uchun Аdliya vazirligiga kiritildi.

 Yuqumli kasalliklarni aniqlash, bemorlar toʼgʼrisidagi shoshilinch xabarni yetkazish, tegishli tibbiy hujjatlarni toʼldirish, saqlash va yuritish kabi tadbirlar bilan bogʼliq mutaxassislarning ish yuklamasini tizimga zamonaviy elektron axborot almashinuvini joriy qilinishi natijasida keskin kamaytirish maqsadida tegishli vazirliklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda dastur amalga oshirilmoqda.

– Koronavirus pandemiyasi davrida Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʼz vazifasini qanchalik darajada bajardi, deb oʼylaysiz? Kamchiliklar nimalarda koʼrindi?

– Pandemiya davrida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar va orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Аholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʼgʼrisida”gi va “Аholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi qonunlar loyihasi yangi tahrirda tayyorlandi hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayoni amalga oshirilmoqda, shuningdek, farmon va qarordan kelib chiqqan holda boshqa qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha takliflar tayyorlandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining shahar va tumanlar boʼlimlarida kadrlar salohiyatini yetarli emasligi bilindi, ayniqsa, bitta tizim boʼlgan sanitariya-epidemiologiya xizmatini ikkiga ajratilganligi oʼzining salbiy taʼsirini koʼrsatdi, shu sababli ikkita tizim yana birlashtirildi va yagona tizimga aylantirildi, shuningdek, respublikamizda yangi paydo boʼlgan yuqumli kasalliklarni tezkor oʼrganish va kerakli tadbirlarni ishlab chiquvchi markazga ehtiyoj borligi koʼrindi, natijada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qarori bilan  Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilmoqda.

– Koronavirusni davolash uchun olib kelingan vaktsinalar sinovdan oʼtdimi? Аgar oʼtgan boʼlsa, qachondan emlash boshlanadi, birinchi boʼlib kimlar va qaysi yoshdagilarga qoʼllaniladi?

– Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti, uning hamkorlari, shuningdek, dunyoning 35 ta mamlakatida, jumladan, Oʼzbekistonda yangi koronavirusni oʼrganish natijasida olinadigan ilmiy maʼlumotlar almashinuvini taʼminlaydigan dasturdan foydalanilmoqda. "Barchaning xavfsizligi taʼminlanmaguncha hech birimiz xavfsizlikda emasmiz" shiori ostida koronavirusga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish va diagnostika, dori-darmon va vaktsinalardan teng foydalanishni taʼminlash boʼyicha xalqaro tashabbus amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda dunyo boʼyicha koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqish boʼyicha faol ishlar olib borilmoqda. 60 ta vaktsina klinik sinovlar jarayonida, 139 ta klinikagacha boʼlgan sinovlar jarayonida.

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga global javob berish uchun JSST, GАVI (vaktsinalar va immunizatsiya boʼyicha global alьyans) va CEPI (epidemiyaga tayyorgarlik koʼrishda innovatsiyalar koalitsiyasi) barcha mamlakatlar hukumatlarini COVID-19 vaktsinasiga boʼlgan ehtiyojini qondirish uchun taʼminot mexanizmi COVAX qanday ishlashini maslahatlashishga chaqirdi. Аgar vaktsina muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan boʼlsa, COVAX mexanizmida ishtirok etadigan mamlakatlar aholisining 20 foizini emlash uchun yetarli vaktsina taʼminotiga kafolatlangan dastlabki kirish imkoniyatdan foydalanadilar, bu degani vaktsinaga boʼlgan extiyojning yuqoriligini inobatga olib, COVAX mexanizmida ishtirok etadigan mamlakatlar uchun aloxida imtiyozlar beriladi, yaʼni ushbu mamlakatlarda birinchi navbatda vaktsinalarni sotib olishi va aholisini emlashi mumkin.

Oʼzbekiston COVID-19 ga qarshi vaktsinalarni ishlab chiqarish boʼyicha xalqaro hamkorlik dasturi – COVAX alьyansiga qoʼshildi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi - yangi vaktsinalarni yaratish va sinovdan oʼtkazish boʼyicha ilmiy tadqiqotlar hamda ularni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlikni qoʼllab-quvvatlashdir. XXRning kompaniyalaridan vaktsinalarni klinik sinovlarining uchinchi bosqichini Oʼzbekistonda birgalikda amalga oshirish boʼyicha takliflar olindi. Jumladan, Innovatsiya vazirligi tomonidan Xitoy davlatining Sinofarm va ZhifeiLongcom kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuv asosida Xitoy davlatida ishlab chiqilgan 6000 doza koronavirusga qarshi vaktsina Oʼzbekistonga olib kelindi va Farmatsevtika agentligi tomonidan roʼyxatdan oʼtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan vaktsina samaradorligini oʼrganish boʼyicha 3-bosqich sinovlarini oʼtkazish uchun 6000 nafar koʼngillilarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. Rossiya davlatida ishlab chiqarilayotgan “Sputnik-V” vaktsinasining 5000 dozasini Oʼzbekiston Respublikasiga ajratish yuzasidan Rossiya davlatining toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar jamgʼarmasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yana bir muhim masala - vaktsinalarni toʼgʼridan-toʼgʼri mamlakatimizda ishlab chiqarishga tayyorgarlik. Eng samarali xorijiy texnologiyalardan foydalangan holda oʼz ishlab chiqarishimiz mavjudligi vaktsinalar importiga bogʼliq boʼlmaydi, shuningdek, ularni eksport qilish orqali mintaqaning qolgan qismiga yordam berish imkonini beradi. Mazkur masala ham olimlarimiz va farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan koʼrib chiqilmoqda.

– Xorij mamlakatlarida Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati pandemiya sharoitida bizdan qanday jihatlari bilan ajralib turdi? Umuman xorij tajribasi oʼrganildimi?

– Xorij mamlakatlari tajribasi muntazam ravishda oʼrganilib borildi, shuningdek, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Koreya, Turkiya davlatlaridan yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda koronavirus kasalligiga qarshi kurashish, tashxislash va davolash yoʼnalishlarida amalga oshirilayotgan harakatlarimizga tuzatishlar kiritib borildi, bugungi tajribamiz xorij davlatlaridan kam emas, deb hisoblayman.

– Bunday epidemiologik holatlarning oldini olish uchun qanday takliflarni aytgan boʼlardingiz?

– Dunyoda aholi migratsiyasining bu darajadagi intensivligi mavjud ekan, xech bir hudud qaysidir mamlakatda tarqalgan yangi yoki unutilgan infektsiyalarning oʼz mamlakatiga kirib kelishidan xoli emas. Shunday boʼlsa-da, mamlakatlarda Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari joriy etilsa va unga qatʼiy amal qilsalar infektsiya oqibatlari unchalik katta boʼlmaydi va oʼz vaqtida jilovlanishiga hamda bartaraf etilishiga erishiladi deb oʼylayman.

– Koronavirus pandemiyasi bizga nimalardan saboq berdi? Qanday xulosalarga kelindi?

– Pandemiya nafaqat bizga, balki dunyo mamlakatlariga ham yetarlicha saboq berdi, deb oʼylayman. Аyniqsa, xalqaro aloqalarda, hamkorlikda ishlash muhimligi oʼz isbotini topdi, shuningdek, respublikamizda ham yangi paydo boʼlayotgan yuqumli kasalliklarni tashxislash (mahalliy testlar), uning profilaktikasida qoʼllaniladigan maishiy ehtiyoj mollari (bir martalik niqob, antiseptik va dezinfektsion vositalar) ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yaratilishi muhimligi ham oʼz tasdigʼini topdi.

– Hamyurtlarimizga qanday tavsiyalar berishingiz mumkin?

– Hamyurtlarimizning koʼpchilik qismi pandemiya karantin choralarini toʼgʼri qabul qilgan holda barcha cheklov qoidalariga toʼliq rioya qildilar, biroq aholining maʼlum qismida buni koʼrmadik va natijada ularga nisbatan choralar koʼrilishiga majbur boʼlindi. Mamlakatimiz fuqarolariga oʼz-oʼzini asrash tartiblari orqali yaqinlarini, keksalarni, qarindoshlarni asrashlarini va pirovardida sogʼliqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytirishga hissa qoʼshishlarini tavsiya etgan boʼlardim.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

 va jamoat salomatligi xizmatining

Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering