• eye
Yangiliklar
time 28.11.2020
1348
BOTULIZMDАN EHTIYOT BOʼLING!

Yurtimizda bozorlarda, savdo majmualarida turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini savdo qilinishiga guvoh boʼlamiz. Savdoga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini barchasini ham xavfsizligi kafolotlangan deb, boʼlmaydi.

BOTULIZMDАN EHTIYOT BOʼLING!

Yurtimizda  bozorlarda, savdo majmualarida turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini savdo qilinishiga guvoh boʼlamiz. Savdoga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini barchasini ham xavfsizligi kafolotlangan deb, boʼlmaydi.

Аyrim fuqorolar sifati va xavfsizligi kafolotlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilanmagan joylarda, bozorlarda aholiga sotish orqali tirikchilik qilishga harakat qiladi. Аyniqsa xonadon sharoitida turli xil kanservalarni tayyorlab, aynan bayram arafasida savdoga olib chiqadilar. Bunday kanserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida aholi oʼrtasida ovqatdan zaharlanish – botulizm kasalligi uchrab turadi.

Buning sababi oddiy – uy sharoitida konserva mahsulotlari tayyorlashda  zarur texnologik jarayonlar, sanitariya meʼyorlariga toʼla rioya qilinmaydi. Natijada konservaga tushgan botulizm sporalari tez rivojlanadi va zaharli toksinlar chiqaradi.

Botulizm sporalari bilan zararlangan konserva mahsulotlarining tashqi koʼrinishi va taʼmida deyarli oʼzgarish kuzatilmaydi. Аyrim xolatlarda  shisha idishning tunuka qopqogʼi shishadi. Bunday mahsulotni isteʼmol qilib zaharlangan odamda uning belgilari paydo boʼlish jarayoni ikki soatdan sakkiz-oʼn kungacha choʼziladi. Holsizlik, koʼngil aynishi, qusish, qorin sohasida ogʼriq paydo boʼlishi, jismlar koʼziga ikkita boʼlib koʼrinishi (diplopiya), yutish va gapirish qobiliyatini pasayishi, boʼyin va oyoq mushaklari zaiflashishi kasallikning klinik belgilaridir. Kasallikni xonadon sharoitida oʼz bilganicha davolash qatʼiyan man etiladi.

Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Аks holda, kasallikning ogʼir shakllari – yurak, qon-tomir va nafas tizimi xastaliklari yuzaga kelishi, buning natijasida bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Har qanday kasalliklar kabi, botulizmning oldini olish ham insonning oʼz qoʼlida.

Xonadon sharoitida bodring, pomidor, pattison marinadlari, baklajon ikrasi kabi konserva maxsulotlarini tayyorlashni tavsiya etmaymiz. Bunday sharoitda tayyorlangan konserva maxsulotlarining sifatiga xech kim kafolat bera olmaydi. Chunki konserva mahsulotlari tayyorlashdagi zarur texnologik jarayonlar, yaʼni konserva zavodlaridagi kabi yuqori bosim ostida, 120-125 gradus issiqlikda oʼtkaziladigan sterilizatsiya jarayonini uy sharoitida bajarib boʼlmaydi.

  Аynan shunday sifat sertifikati, yorliklariga ega bulmagan, bir soʼz bilan aytganda isteʼmol uchun yaroqsiz hisoblangan konserva mahsulotlari bozorlarda, koʼcha-koʼylarda belgilanmagan noqonuniy savdo rastalarida sotilayotgan boʼlsa, isteʼmolchi sifatida bunday maxsulotlarni xarid qilmasligimiz kerak.

Xonadon sharoitida  olcha, olxoʼri, uzum, shaftoli, oʼrik kabi mevalardan qiyomlar, bodring, pomidor, karomlardan sirli idishlarda tuzlamalar, mevalardan qoqilar tayyorlansa maqsadga muvofiq boʼladi.

 Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari  mutaxassislari tegishli davlat va jamoat tuzilmalari vakillari bilan hamkorlikda bozorlarda, savdo majmualarida, belgilanmagan joylarda uy sharoitida tayorlangan konserva  mahsulotlari sotilishining oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, muntazam reydlar oʼtkazib kelishmoqda. Taʼlim-tarbiya muassasalarida va jamoat joylarida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shaxobchalarida sanitariya-gigiena qoidalariga toʼliq rioya etilishini taʼminlash doimiy eʼtiborda.

Oʼz navbatida ishlab chiqaruvchilarimiz ham xalqimiz dasturxoniga xilma-xil mahsulotlar yetkazib berish maqsadida, keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun yurtimizdagi qaysi bir savdo majmuasi va bozorga kirsangiz, ulardagi mahsulotlarning xilma-xilligini koʼrib koʼzingiz kuvonadi. Xususan, gipermarket, supermarket va minimarketlar, bozorlarda sanoat usulida, texnologik jarayonlar hamda belgilangan talablar asosida ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarining barcha turlari mavjud. Ularni saqlash sharoitiga ham toʼla rioya etiladi. Ushbu mahsulotlarning deyarli barchasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va sifati muvofiqlik sertifikati bilan kafolatlangan.

Dasturxonlarimizni bezatish uchun ana shunday zamonaviy savdo maskanlarimizga tashrif buyurish maqsadga muvofiqdir. Sotib olingan har bir oziq-ovqatning saqlanish sharoitiga va muddatiga ham qatʼiy rioya etish zarur. Isteʼmol uchun yaroqlilik muddati oʼtib ketgan tort, pishiriqlar va boshqa qandolat mahsulotlari hamda salatlarni isteʼmol qilish sogʼliqqa zarar yetkazadi.

Qisqa qilib aytganda, har kim oʼzi va oilasining sogʼligʼi uchun avvalo oʼzi masʼul ekanini unutmasligi kerak.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

 va jamoat salomatligi xizmatining

Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi

                                                                                                                

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering