• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-29

KORXONADAGI HAVO HAMDA CHANG MIQDORINI ANIQLASH BO'YICHA TAHLIL O'TKAZILDI

topics-img

Ishlab chiqarish korxonalarida havoning changlanishi sabablari atmosfera havosidagi chang manbalari kabi juda ko‘p. Kelib chiqishi tabiiy chang ko‘pincha xavfsiz bo‘lsa, antropogen manbalar – transport va sanoat korxonalari chiqindilari – tarkibida ko‘plab zararli moddalar – og‘ir metall, uglevodorod, benzapiren changning havoda paydo bo‘lish sababi sanaladi. Ish hududida esa chang manbalari bundan-da xilma-xil. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti havodagi chang zarralari nafas olish hamda yurak qon-tomir kasalliklari sabablari, jiddiy xavflardan biri deb hisoblaydi.

 

Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan "Battery Tehnology" MChJ ga qarashli avtomobillar akkumulyatorlarini ishlab chiqarish korxonasida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi bilan tuzilgan shartnoma asosida sanitariya-kimyoviy o'lchov va tahlillar o'tkazildi.

 

Laboratoriya tahlillari natijalariga ko'ra, korxonani atmosfera havosidagi azot dioksidi (NO2), uglerod oksidi (CO),sulfat angidrid (SO2) hamda chang miqdori ruxsat etilgan me'yorlar darajasida ekanligi aniqlandi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee