• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-27

BUGʻDOY UNI MIKRONUTRIYENTLAR BILAN QANDAY BOYITILADI?

topics-img

Xalqimizda un mahsulotlari eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar turkimiga kiradi. Unga ishlov berish chog‘ida, afsuski tarkibidagi ozuqaviy moddalarnig aksariyat qismi yo‘qolib ketadi. Shuning uchun barcha kerakli moddalarni yana unga qaytarish lozim. Qanday qilib deysizmi?

Bunga faqat unni boyitish bilan erishish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tegirmonlarda un ishlab chiqarilayotganda un vitaminlar, foliy kislotasi va temir moddasi bilan to‘yintiriladi. Bu moddalarga ishlov berish jarayonida qiymatini yo‘qotmasligi uchun yakuniy bosqichda qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi, natijada bir siqim unda ham barcha ozuqaviy moddalar mavjudligiga erishiladi. Boyitilgan undan pishirilgan taom, non va boshqa mahsulotlar o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi, ta’mida ham o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Non yopish jarayonida boyitilgan un 95 foizgacha o‘zining ozuqaviy moddalarini saqlab qoladi.

  Bug‘doy unini boyitish uchun xalqaro standart talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, amalda qo‘llanilayotgan vitamin mineral aralashma (VMA) asosidagi (vitamin va minerallar) va JSST, Qozog‘iston respublikasi Ovqatlanish Akademiyasi mutaxassislari, Sog‘liqni saqlash vazirligi,  xalqaro hamda  hududiy ekspertlar tavsiyalarini  inobatga olgan holda, oliy navli bug‘doy unini boytish uchun tegishli me’yorlarni qo‘llash taklifi qabul qilindi.

Mikronutriyentlar inson organizmiga kam miqdorda (odatda kuniga 100 mg dan kam) zarur bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Mikronutriyentlar tarkibiga inson tanasi o‘z-o‘zidan hosil qila olmaydigan mikrominerallar va vitaminlar kiradi. Ular metabolizm, inson miyasi va asab tizimining ishlashi, qon ivishining oldini olish va immun tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Qisqa qilib aytganda, inson tanasida biron bir jarayon mikroelementlar ishtirokisiz o‘tmaydi.

Mikroelementlarning  ovqatlanish ratsioniga muntazam ravishda qo‘shilishi salomatlikni saqlash va mustahkamlashning oddiy va juda samarali usulidir.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee