• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-09

BRIFING: VIRUSLI GEPATIT “A” KASALLIGI PROFILAKTIKASI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

topics-img

Virusli Gepatit A kasalligi bolalar o‘rtasida uchraydigan yuqumli kasallik bo‘lib, jigar to‘qimalarini shikastlanishi bilan kechadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublikamizda joriy yilning hoziriga qadar  9507 nafar bola Gepatit A kasalligini yuqtirib olgan.

Kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi Andijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.

Gepatit A kasalligiga qarshi emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishini oldini oladi va emlashdan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan jiddiy asoratlar kuzatilmaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga ko‘ra, ushbu vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bo‘lib, vaksinatsiya bir marotaba qo‘llaniladi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit A kasalligiga qarshi asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi. Virusli gepatit “A” vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng 15 yilgacha muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi.

O‘tgan yilning 12 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 365 167 nafar bolalar virusli gepatit A kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan.

 Shuningdek, nogiron, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarini ushbu kasallikka qarshi emlash maqsadida Qashqadaryo viloyati, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani va Toshkent shahri hokimliklari tashabbusi bilan virusli Gepatit A vaksinasini xarid qilish uchun mahalliy byudjetdan jami 4 mlrd so‘mdan ko‘proq miqdorida mablag‘lar ajratilib, 24 765 nafar bolalar kasallikka qarshi emlangan.

Hurmatli ota-onalar farzandlaringiz ushbu kasallikni yuqtirib olmasliklari uchun avvalo ularni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgating va ularni Gepatit A ga qarshi o‘z vaqtida emlating. Har bir ota-ona farzadining salomatligi uchun mas’ul ekanligini unutmang!

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee